Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalokov va Abdullayev finalda raqibga imkon qoldirmadi

Xalokov va Abdullayev finalda raqibga imkon qoldirmadi

O‘zbekiston terma jamoasida yana bir oltin medal. 2 yil muqaddam Serbiyada o‘tgan dunyo birinchiligida kumush medalni qo‘lga kiritgan Abdumalik Xalokov Toshkentda chempionlikka erishdi.

57 kg vazn toifasining finalida hamyurtimiz kubalik Siyedel Xorta ustidan g‘alaba qozondi.

Shuningdek, ushbu jahon chempionatida debyut qilgan Ruslan Abdullayev musobaqani oltin medal bilan yakunlamoqda. 63.5 kg vazn toifasida porlagan bokschimiz hozirgina yakuniga yetgan jangda mo‘g‘ulistonlik Chinzorig Batarsuxdan ustun keldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring