Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzbek Tigers» raqibi «Colombia Heraicos»ga imkoniyat qoldirmadi. Shunqor va Mahmuddan nokaut!

«Uzbek Tigers» raqibi «Colombia Heraicos»ga imkoniyat qoldirmadi. Shunqor va Mahmuddan nokaut!

Foto: stadion.uz

Bugun «Uzbek Tigers» jamoasi WSB VIII mavsum guruh bosqichi 3-turida Kolumbiyaning «Colombia Heraicos» jamoasiga qarshi ringga ko‘tarildi.

Mazkur bellashuvlarda 52, 60, 69, 81 kilogrammgacha va 91 kg.dan ortiq vazn toifasidagi bokschilar ringga chiqishdi.

Ringga birinchi bo‘lib ko‘tarilgan yosh bokschimiz Xudoynazar Fayzov raqibi Keybar Avilaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ammo jamoadoshlari uning bu mag‘lubiyatini deyarli yo‘qqa chiqardilar.

Xudoynazardan so‘ng ringga ko‘tarilgan 60 kg vazn toifasidagi shunqor bokschimiz Shunqor Abdurasulov raqibi Duvan Zuletaga imkoniyat qoldirmadi. Qoshlari yorilgan kolumbiyalik bokschi uchinchi raunddan so‘ng taslim bo‘ldi. Aniqrog‘i, raqib bokschining murabbiylari oq sochiq tashlab, Zuleta jangni davom ettira olmasligini ma’lum qilishdi.

Shunqorning bu g‘alabasidan ruhlangan yana bir bokschimiz Mahmud Gaipov ham raqibini nokaut bilan mag‘lub etdi. Aleksandr Ranxel Mahmudning zarbalariga dosh bera olmadi va yurtdoshimiz texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.

81 kg vazn toifasida esa Riodagi Olimpiya o‘yinlari va Gamburgda o‘tgan JChda sovrindor bo‘lgan Bektemir Meliqo‘ziyev Diyego Motoaga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang hamyurtimizning ustunligida o‘tdi va hakamlar bir ovozdan Meliqo‘ziyevning g‘alabasini qayd etishdi.

Eng og‘ir vazn toifasida esa Bahodir Jalolov Kristian Salkedo bilan jang olib bordi. Mazkur bellashuvda Bahodir raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va «Uzbek Tigers»ga bugungi jang kechasidagi to‘rtinchi g‘alabani tortiq etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring