Usik ikkita jang tufayli qanchaga boyib ketgani ma’lum bo‘ldi

Ikki yil avval ukrainalik og‘ir vaznli bokschi Aleksandr Usikning boyligi 4 million dollar bo‘lgan.
Marca nashrining xabar qilishicha, Entoni Joshuaga qarshi birinchi jangdan keyin bu miqdor 13 millionga yetgan. Revanshdan keyin esa ukrainalikning boyligi 52 mln dollarni tashkil qilgan.
Bu faqat toza gonorarlarni hisoblagandagi pul. Bunda reklama va TV-translyasiyalardan keladigan daromad ko‘rsatilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Usik bir nechta kamarlar uchun kechgan ikki jangida ham britaniyalik Entoni Joshuani mag‘lub etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter