Umid Ahmadjonov «Real Madrid» uchrashuvini prezident lojasida tomosha qiladi
O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov «Real Madrid» klubi Akademiyasi direktori Xulio Ronko va Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyati taklifiga binoan rasmiy safar bilan Ispaniyaga jo‘nab ketdi.
Safardan ko‘zlangan aosiy maqsad «Real Madrid» akademiyasi filialini Toshkentda ochish, shuningdek, Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyati bilan murabbiylar tayyorlash va bolalar futbolini rivojlantirish borasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan iborat. Bundan tashqari safar davomida Ispaniyadagi bir qator taniqli futbol mutaxassislari bilan uchrashib, fikr almashish belgilangan.
Shuningdek, Umid Ahmadjonov «Real Madrid» futbol klubi rahbariyati tomonidan 21 yanvar kuni La liganing 20-turidan o‘rin olgan «Real Madrid» — «Deportivo» uchrashuvini bevosita «Santyago Bernabeu» stadionidagi prezident lojasidan tomosha qilishga taklif etilgan.
23 yanvar kuni esa Umid Ahmadjonov Parijda Fransiya futbol federatsiyasi rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter