Umid Ahmadjonov O‘FF prezidentligidan ketadi
«Xalq so‘zi online» nashri O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov bilan intervyu uyushtirdi. Ahmadjonovning aytishicha, u federatsiyadagi rahbarlik vakolatini topshiradi.
«Avvalo, meni ushbu lavozimga munosib ko‘rgan davlatimiz rahbariga yuksak ishonchlari uchun cheksiz minnatdorlik izhor etaman. Zimmamga qanday mas’uliyat yuklanganligini juda yaxshi his etib turibman, shunday ekan, Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlash uchun ikki karra kuch va g‘ayrat bilan ishlashga tayyorman», — dedi Umid Ahmadjonov.
Savolingizga keladigan bo‘lsak, ikki tashkilotga rahbarlik qilishim bu vaqtinchalik bo‘lib, joriy yilning 25 yanvarida O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tadi va unda tashkilotga yangi rahbar saylanishi kutilmoqda. Demakki, futbol federatsiyasida rahbarlik vakolatimni topshiraman. Ammo bu futboldan butunlay ketaman degani emas. Chunki o‘zbek futbolida boshlab qo‘ygan bir qator yangi loyiha va rejalarimiz bor, ularni nihoyasiga yetkazmay turib ortga chekinish adolatdan bo‘lmaydi.
Umid Ahmadjonov
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter