Ulug‘bek Rashitov finalda mag‘lub bo‘ldi
Saudiya Arabistonida taekvondo WT bo‘yicha yilning yakuniy Gran-pri musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.
Unda ishtirok etgan Tokio Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov -68 kg vazn toifasida finalga yo‘l olgani haqida xabar bergandik.
Hamyurtimiz finalda iordaniyalik Zaid Karimga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Rashitov ushbu natija evaziga o‘z hisobiga Parij-2024 Olimpiadasi uchun 60 ochkoni qo‘shib qo‘ymoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter