Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UFCdagi to‘rtinchi o‘zbek nigohlar to‘qnashuvida qatnashdi (video)

UFCdagi to‘rtinchi o‘zbek nigohlar to‘qnashuvida qatnashdi (video)

O‘zbekistonning UFCdagi to‘rtinchi vakili Saidyoqub Qahramonov promoushendagi ilk jangidan oldin vazn o‘lchash marosimi hamda nigohlar to‘qnashuvida ishtirok etdi.

Ushbu jangda uning raqiblik qiladigan guamlik Trevin Jons 61,23 kg tosh bosgan bo‘lsa, Saidyoqub Qahramonov 62,82 kg vazn qayd etdi.

O‘zbekistonlik sportchining jangi asosiy karddan o‘rin olgan. Asosiy kard janglari ertaga, 22 avgust tonggi 07:00 da boshlanishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Qahramonov UFCda jang qiladigan to‘rtinchi o‘zbekistonlik bo‘ladi. Ayni vaqtda Mahmud Murodov, Zarrux Adashev va Liliya Shokirova ushbu promoushenda harakat qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring