Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucellda shaxmat musobaqasi o‘tkazilmoqda

Aprel oyidan boshlab «Coscom»  MChJ (Ucell savdo belgisi) barcha mintaqalar xodimlari o‘rtasida shaxmat musobaqasini o‘tkazmoqda.

Bugun Nukusda, Respublika ixtisoslashtirilgan o‘yinlar va yengil atletika bolalar va o‘smirlar maktabi devorlarida Ucell-Nukus xodimlari o‘rtasida kompaniyaning birinchi shaxmat turnirining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘yinlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shaxmat federatsiyasi bilan birgalikda tashkil etilib, kasbiy bayram — Radio va aloqa kuniga belgilandi.

Saralash o‘yinlari Samarqand, Qarshi, Buxoro, Navoiy, Guliston, Jizzak va Namangan shaharlarida bo‘lib o‘tgan. Shu kunlarda saralash turnirlari Nukus, Qo‘qon va Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda.

Shaxmatning tarixi bir yarim ming yildan oshiqroq, zamonaviy ko‘rinishda esa shaxmat olti asr oldin paydo bo‘lgan. Bugungi kunda shaxmat Olimpiya o‘yinlariga kiritilgan va intellektual sportning eng mashhur turlaridan biri bo‘lib qolmoqda. 

Bayram Jumagulov, «Ucell-Nukus» mintaqaviy filiali direktori v.b.:

— Shaxmat - bu intellektual sport turi bo‘lib, telekommunikatsiya sohasida ishlaydiganlar orasida havaskor shaxmatchilar ko‘p bo‘lishi ajablanarli emas. Aloqa xodimi, xuddi shaxmat o‘yinchisi kabi, ustuvor masalalarni aniqlashni va vaziyatni dinamikada ko‘rishni bilishi kerak. Kompaniya mutaxassislari yuqori sifatli aloqa bilan ta’minlashning strategik ahamiyatini tushunadilar. Shunday qilib, o‘tgan yilning oxirida Kompaniya mamlakatimizning eng chekka joylaridan biri - Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot viloyatida yangi baza stansiyasini ishga tushirdi. Texnik bo‘lim mutaxassislari bir necha oy ushbu mintaqada tayanch stansiyani qurishga tayyorgarlik ko‘rishdi. Ushbu stansiya chegara postlari, Qozog‘istondan kelgan mehmonlar, shuningdek, mamlakatga qaytib kelayotgan fuqarolar uchun aloqa mavjudligini ta’minlashi kerak. Ularning har biri telefonda tanish ovozlarni eshitishi lozimdir.

Shaxmat musobaqasida Kompaniyaning mintaqalardagi va Toshkentdagi barcha ofislaridan 63 nafar ishchi-xodimlar ishtirok etishmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Shaxmat federatsiyasi musobaqalarni tashkil qilishda yordam bermoqda: g‘oyadan tortib yakuniy turnirgacha.

Kuralbay Jakashev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shaxmat federatsiyasining ijrochi direktori:

— Biz Ucell kompaniyasini xodimlar o‘rtasida shaxmat musobaqasini tashkil qilishda qo‘llab-quvvatlashdan xursandmiz. Turnir, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 yanvardagi «Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommalashtirish, shuningdek, shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan bog‘liq ravishda dolzarbdir. Bugungi kunda ushbu sport turi jadal rivojlanib, ommalashib bormoqda. Maktablarda bolalar va o‘spirinlar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazilmoqda. Intilish uchun marralar kata va Federatsiya barcha manfaatdor tomonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Har bir ishtirokchiga esdalik diplomlari va shaxmat to‘plami topshirildi. Ikki g‘olib Toshkent shahrida 19 may kuni O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining Xalqaro shaxmat akademiyasida bo‘lib o‘tadigan musobaqaning final bosqichida qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ucell shaxmat bo‘yicha musobaqa kompaniyada yaxshi an’anaga aylanib, shaxmatni intellektual sport turi sifatida ommalashtirishga yordam beradi deb umid qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring