U-23 Osiyo chempionati: O‘zbekiston OTJ guruhdan chiqish uchun imkoniyatni saqlab qoldi
![U-23 Osiyo chempionati: O‘zbekiston OTJ guruhdan chiqish uchun imkoniyatni saqlab qoldi](https://static.xabaruz.com/crop/2/3/720_460_95_2320386285.jpg)
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatidagi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi. Ravshan Haydarov jamoasi mezbon Xitoy bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvni faol boshlagan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 14-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Raqib jarima maydonida yuzaga kelgan tartibsiz vaziyatdan Hojiakbar Alijonov unumli foydalanib hisobni ochdi. Birinchi bo‘limda raqib jamoa ham qator vaziyatlar yaratdi, ammo Botirali Ergashovning mahorati darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldi.
Ikkinchi bo‘limda ham vakillarimiz bir qator vaziyatlar yarata olishdi, ammo hisobni o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi.
Dastlabki o‘yinda Qatardan 0:1 hisobida yengilgan O‘zbekiston olimpiya termasi bugun Xitoyni yengib, 3 ochkoga ega bo‘ldi va guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. «A» guruhining 2-turida, shuningdek, Ummon va Qatar yoshlar terma jamoalari o‘zaro bellashadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 15-yanvar kuni 3-tur doirasida Ummonga qarshi bahs olib boradi.
U-23 Osiyo chempionati
«A» guruhi, 2-tur
O‘zbekiston OTJ – Xitoy OTJ 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: Xojiakbar Alijonov (14)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter