Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

U-17 Jahon chempionati qur’a tashlash marosimi sanasi ma’lum bo‘ldi

U-17 Jahon chempionati qur’a tashlash marosimi sanasi ma’lum bo‘ldi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2025 yilning 3–27-noyabr kunlari Qatarda o‘tadigan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati final bosqichiga qur’a tashlash marosimi haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, qur’a tashlash marosimi joriy yilning 25-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Doha shahrida bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada ishtirok etuvchi 48 jamoa 4 ta savatchaga ajratilgan. O‘zbekiston terma jamoasi 2-savatchadan o‘rin olgan.

1-savatcha: Qatar (mezbon), Braziliya, Fransiya, Mali, Germaniya, Meksika, Argentina, Angliya, Yaponiya, Paragvay, AQSh, Senegal

2-savatcha: Koreya Respublikasi, Marokash, O‘zbekiston, Italiya, Belgiya, Yangi Zelandiya, Chili, Venesuela, Xorvatiya, Kolumbiya, Gonduras, Burkina-Faso

3-savatcha: Kosta-Rika, Tojikiston, Panama, Indoneziya, KXDR, Kot-d’Ivuar, Tunis, Yangi Kaledoniya, Kanada, JAR, Avstriya, Gaiti

4-savatcha: BAA, Portugaliya, Chexiya, Irlandiya, Shveysariya, Zambiya, Misr, Uganda, Boliviya, Saudiya Arabistoni, Salvador, Fiji

Ma’lumot o‘rnida, musobaqa doirasida 12 guruh shakllantiriladi. Guruh bosqichida ilk ikki o‘rinni egallagan jamoalar va eng yaxshi natija qayd etgan 8 ta uchinchi o‘rin sohibi pley-off bosqichi — 1/16 finalga yo‘l oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring