Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada Fotih Terimlar ko‘payib ketdi

Turkiyada Fotih Terimlar ko‘payib ketdi

Foto: Vesti.ru

Turkiyadagi futbol muxlislari orasida g‘alati aksiya avj oldi. Ular yoppasiga o‘z nomlarini taniqli murabbiy nomiga o‘zgartirishmoqda.

Taniqli murabbiy Fotih Terim 69 yoshga to‘lgan kuni Turkiyada 19 756 nafar Fotih Terim ismi paydo bo‘ldi. Turli yoshdagi erkaklar ismlarini yangilashdi.

Turkiyada ismni almashtirish borasidagi rasmiyatchiliklar ancha yengil. Hukumatning tegishli organiga murojaat qilib, anketa to‘ldirilib, ariza yozilsa bas.

Ma’lumot uchun: Fotih Terim murabbiylik qilgan Turkiya futbol terma jamoasi 2008-yili Yevropa chempionatida bronza medallarni qo‘lga kiritgan. Uning «Galatasaroy»dagi o‘rni alohida — 14 ta sovrinni, jumladan, 2000-yilgi UEFA kubogini yutgan. «Bashakshehir» jamoasining stadioni ham uning nomi bilan atalgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring