To‘rt davlat Markaziy Osiyo o‘yinlarini qayta tiklashga kelishib oldi
Seul shahrida Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi Bosh assambleyasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari Milliy olimpiya qo‘mitalari navbatdagi sessiyasini yakunladi.
Yig‘ilish ishtirokchilari kun tartibida ikkita asosiy mavzu bo‘lib, ulardan asosiysi Markaziy Osiyo o‘yinlarini qaytadan tiklash edi.
Yig‘ilishda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston Milliy olimpiya qo‘mitalari Markaziy Osiyo o‘yinlarini qayta tiklashga kelishib oldi.
Tomonlar birgalikda sport dasturini ishlab chiqish, shuningdek, keyingi ikki yil ichida o‘yinlarni davom ettirishga kelishib oldilar. Tadbirni qayerda va qaysi sanada o‘tkazish haqidagi ma’lumotlar hozircha aniq emas.
Markaziy Osiyo o‘yinlari Xalqaro olimpiya qo‘mitasi homiyligida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, birinchi Markaziy Osiyo o‘yinlari 1995-yil sentyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan. 1997-yilda Olmaotada, 1999-yilda Bishkekda o‘tkazilgan. 2003-yilda esa Dushanbeda o‘tkazilgan. O‘yinlar har ikki yilda bir marta o‘tkazilishi belgilangan bo‘lsa-da, 2003-yildan keyin o‘tkazilmay kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur mavzu 2020-yilning fevralida ham ko‘tarilgan va unda O‘zbekiston MOQ mamlakat delegatsiyasining Markaziy Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi masalasi ko‘rilayotganini ma’lum qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter