Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Timur Kapadze: «Jamoada bitta yo‘qotish bor»

Timur Kapadze: «Jamoada bitta yo‘qotish bor»

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ertangi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tayyorgarlik haqida:

— Kecha Nant shahriga yetib keldik, tayyorgarlikni davom ettirmoqdamiz. Oldimizda Misrga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Eng asosiysi — hamma sog‘-salomat, biroq bitta yo‘qotishimiz bor. Himoyachimiz Ibrohimhalil oilaviy sabablarga ko‘ra terma jamoa ixtiyorini tark etishga majbur bo‘ldi. Lekin bunga qaramasdan reja bo‘yicha mashg‘ulotlarni davom ettiryapmiz va ertangi uchrashuvda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Ertangi raqibimiz Misr terma jamoasi haqida:

— Misrga kelsak, Afrikaning eng kuchli jamoalaridan biri. Ular bilan o‘tgan yili Toshkentda o‘ynaganmiz. Raqibimizning kuchli tomonlari va imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. Shunga yarasha biz ham o‘z rejamizga ko‘ra tayyorgarlik ko‘ramiz va g‘alaba qozonish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Ispaniyaga qarshi kechgan o‘yin haqida:

— Birinchi uchrashuvdan keyin o‘yinimizni tahlil qilib chiqdik va o‘zimizga kerakli bo‘lgan xulosalarni chiqardik. O‘yin davomida ba’zi vaziyatlarda yaxshiroq o‘ynadik, ba’zida esa kamchiliklar ham ko‘zga tashlandi. Biroq, aytganimdek, xatolar ustida ishlab boryapmiz va hozirda bor e’tiborimiz ertangi o‘yinga qaratilgan.

Jamoada qolgan barcha sog‘, muammo yo‘q. Ibrohimhalil ketganidan so‘ng zaxira futbolchilarimizdan birini qaydnomaga kiritishga harakat qilyapmiz. Bu borada tashkiliy qo‘mitaga so‘rov yubordik, hozircha javobni kutmoqdamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring