Taniqli futbolchi B seriya jamoasiga o‘tdi

Ispaniyalik taniqli futbolchi Sesk Fabregas Italiya V seriyasining «Komo» jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. «Monako»dan ketgan 35 yoshli yarimhimoyachi erkin agentga aylangandi.
Unga MLSdan ham taklif bo‘lgan, biroq o‘zi Yevropada qolishni istagan.
«Komo» — Fabregas faoliyatidagi beshinchi jamoa. Bungacha «Arsenal», «Barselona», «Chelsi» va «Monako» singari dongdor jamoalarda to‘p surgan. Ispaniya terma jamoasida 110 o‘yinda 15 gol kiritgan. 2010-yilda terma jamoa bilan jahon chempioni, 2008 va 2012-yillarda Yevropa chempioni bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter