Sulsher Gvardiolaning «yarim maoshi»ni oladi
![Sulsher Gvardiolaning «yarim maoshi»ni oladi](https://static.xabaruz.com/crop/2/7/720_460_95_2748682856.jpg)
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher Angliya premer-ligasining maoshi yuqori murabbiylari orasida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu haqda «The Sun» yozmoqda.
Nashr xabariga ko‘ra, shartnoma to‘liq tuzilib bo‘lganidan so‘ng, Sulsher yiliga 8,7 million yevro ishlab topadi.
«Manchester Siti»ni boshqarayotgan Xosep Gvardiola undan ikki karra «boyroq» — 17,5 million yevro.
Maurisio Pochettino («Tottenhem») esa €10 mln. oladi.
Ta’kidlash kerakki, Sulshergacha «Manchester Yunayted»da Joze Mourino ham xuddi Gvardiola kabi €17,5 mln. maosh bilan ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter