Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Srechko Katanets: «O‘sha bahsda biz 11 nafar askarga qarshi o‘ynadik»

Srechko Katanets: «O‘sha bahsda biz 11 nafar askarga qarshi o‘ynadik»

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets safarda Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasiga qarshi uchashuv oldidan matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

—Tayyorgarlik yaxshi o‘tdi, ertangi o‘yinga tayyormiz. Jahon chempionatiga yo‘l olish uchun har bir uchrashuvda yaxshi natija qayd etishimiz shart, — dedi bosh murabbiy. — Biz qo‘shnilarmiz, o‘rtadagi masofa juda yaqin va ikki mamlakat o‘rtasidagi masofani bor-yo‘g‘i bir soatda bosib o‘tdik. Futbolchilarga adaptatsiya uchun hech qancha vaqt kerak bo‘lgani yo‘q.

Srechko Katanets futbolchilarning jismoniy holati yomonligi o‘tgan o‘yindan so‘ng ortda qolganini bildirdi: «O‘sha bahsda (Shimoliy Koreyaga qarshi – tahr.) biz 11 nafar askarlarga qarshi o‘ynadik deyishimiz mumkin. Ular jismoniy jihatdan yaxshi holatda edilar. Biz ko‘plab vaziyatlar yaratdik. O‘ylaymanki, ertangi bahsda ham ustunlikka erishamiz».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring