So‘nggi o‘yin: Federerning orzusi amalga oshadimi?
«Ulkan toj» turnirlarining 20 karra chempioni, jahonning sobiq birinchi raketkasi, shveysariyalik Rojer Federer Leyver kubogida yakkalik bahslarida qatnashmasligini tasdiqladi.
«Ehtimol Rafa (Nadal) bilan juftlikda o‘ynarman. Bu — orzuim», — Federerning so‘zlarini keltirmoqda SRF.
Joriy Leyver kubogi shveysariyalik tennis afsonasi faoliyatidagi so‘nggi turnir ekanini yozgandik. Musobaqalar 23–25-sentyabr kunlari Londondagi O2 arenada o‘tkaziladi.
Federer bilan bir qatorda, Yevropa terma jamoasi quyidagi tennischilarni jamlagan: Rafael Nadal (Ispaniya), Novak Jokovich (Serbiya), Endi Marrey (Buyuk Britaniya), Stefanos Sitsipas (Gretsiya) va Kasper Ruud (Norvegiya). Jamoa sardori — an’anaga ko‘ra, «Ulkan toj» turnirlarini 11 marta yutgan Byorn Borg (Shvetsiya).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter