Sneyder «Paxtakor»ga qarshi o‘ynashi mumkin

Fransiyaning «Nitssa» klubi yarim himoyachisi Uesli Sneyder o‘z faoliyatini Qatarda davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda Gollandiyaning «Telegraaf» nashri xabar bermoqda.
Gollandiyalik 33 yoshli futbolchi yakshanba kuni Dohada «Al-Garafa» tibbiy ko‘rigidan o‘tadi. Kelishuv 1,5 yilga mo‘ljallanyapti.
Sneyder «Nitssa» tarkibiga 2017 yilning avgustida Turkiyaning «Galatasaroy»idan kelib qo‘shilgan edi. U turk klubidagi to‘rt yillik faoliyatiga qadar «Ayaks», «Real» va «Inter»da to‘p surgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentning «Paxtakor» klubi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo‘l olishi uchun aynan Sneyder bilan «qurollangan» «Al-Garafa» qarshiligini sindirishi lozim bo‘ladi.
Uchrashuv 30 yanvar kuni Doxada bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter