Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shomurodovning qaysi jamoaga o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Shomurodovning qaysi jamoaga o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Eldor Shomurodov A Seriya debyutanti «Kalyari» safiga o‘tadigan bo‘ldi.

«Kalyari» Shomurodovni sotib olish huquqi bilan bir yillik ijaraga oladi va «1+3» shaklida 2027 yilga qadar shartnoma imzolaydi.

Ma’lumot uchun, ushbu klubni mashhur murabbiy Klaudio Raneri boshqaradi. Italiyalik 71 yoshli mutaxassis yanvar oyida «Kalyari» bosh murabbiyiga aylangach, B Seriyada 14-o‘rinda borayotgan klubni yarim yil ichida peshqadamga aylantirib, A Seriyaga olib chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov o‘tgan mavsumni ijara asosida «Spetsiya»da o‘tkazgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring