Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shomurodov «Roma» tarkibida may oyidan buyon ilk golini urdi

Shomurodov «Roma» tarkibida may oyidan buyon ilk golini urdi

Italiyaning «Roma» klubi tarkibida to‘p surib keladigan o‘zbek futbolchisi Eldor Shomurodov Bolgariyaning «Ludogorets» klubi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda raqib darvozasiga boshi bilan gol urdi.

Uchrashuv 2022/2023-yil mavsumi Yevropa ligasi guruh bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan.

Shomurodovning goliga qaramasdan «Roma» 2:1 hisobda mag‘lubiyatga uchradi.

«Ludogorets» hisobidagi gollarga esa Kauli va Nonato mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil yozida Shomurodovning «Roma»ni tark etishi haqida mishmishlar tarqalgan edi. Ayrim manbalar uning «Torino» yoki «Bolonya»ga o‘tishini taxmin qilishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring