Shavkat Mirziyoyev Sherzod Namozov va Husniddin Norbekovlar bilan muloqot qildi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijda bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining keyingi kunlarida muvaffaqiyat qozongan sportchilarimiz bilan telefon orqali suhbatlashdi.
Dzyudochi Sherzod Namozov finalda raqibini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Bu hamyurtimizning Paralimpiya o‘yinlaridagi ikkinchi chempionligi bo‘ldi.
Yengil atletika bo‘yicha yadro uloqtirish bahslarida Husniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi. Shu tariqa, u uchinchi bor Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.
Davlatimiz rahbari suhbatda ularning irodali kurashlarini hayajon bilan kuzatganini, Vatanimizga navbatdagi oltin medallarni keltirganidan xursandligini ta’kidladi. Xalqimiz nomidan sportchilarni samimiy qutlab, ularning murabbiylari va ota-onasiga tashakkur aytdi.
Chempionlar yuksak e’tibor va doimiy qo‘llov uchun minnatdorlik bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter