Server Ibragimov Paralimpiya-2020 o‘yinlariga litsenziya qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik ilk sportchiga aylandi
Janubiy Koreyaning Chxonju shahrida paralimpiyaning o‘q otish sport turi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada ishtirok etayotgan sportchimiz Server Ibragimov 10m.ga pistoletdan otish buyicha bellashuvlarning final bosqichida 236.8 natija qayd etdi va kumush medal sohibiga aylandi.
Chempionatning oltin va bronza medallari xitoylik sportchilar Yang Chao (237.2) hamda Xuan Xing (215.0)larga nasib etdi.
Ma’lumot uchun, ushbu musobaqada 25ta mamlakatdan 50 nafardan ortiq sportchi kuch sinashmoqda.
Server Ibragimov hamyurtlarimiz orasida 2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan ilk sportchiga aylandi. Sportchimiz 11-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:30da Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha poytaxtimizga qaytib keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter