Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergey Fomin xalqaro tennis musobaqasida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Sergey Fomin xalqaro tennis musobaqasida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Xabaringiz bor, tennis bo‘yicha, XXXI jahon yozgi Univerciadasi 28 iyul kuni Xitoyning janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasining Chengdu shahrida boshlangan edi. Unda turli mamlakatlardan, shu jumladan, O‘zbekistondan kelgan tennischilar ham ishtirok etdi.

Hamyurtimiz Sergey Fomin ushbu musobaqada O‘zbekiston jamoasi hisobiga bronza medalini keltirishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu natijani tennischimizning xalqaro turnirdagi navbatdagi g‘alabasi deb e’tifof etish mumkin.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, O‘zbekiston tennis federatsiyasini qo‘llab-quvvatlashda va mamlakatimizda tennisni rivojlantirishda «O‘zmilliybank» AJ muhim rol o‘ynamoqda. Ushbu hamkorlik natijasida tennischilarimiz turli xalqaro turnirlarda yutuqlarga erishyapti.

Tennischilarimizga xalqaro sport musobaqalarda omad va g‘alaba tilaymiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring