Sadir Japarov futzal turnirida to‘purar bo‘ldi
Bishkekda Qirg‘iziston futbolining 100 yilligiga bag‘ishlangan futzal bo‘yicha turnir tashkil etildi. Unda Sadir Japarov prezident administratsiyasi jamoasi safida ishtirok etdi. Bu haqda Sport AKIpress nashri xabar berdi.
Sadir Japarov dastlabki ikki o‘yinda 5 ta gol urgan. Uchinchi o‘rin uchun bahsda esa yana 4 ta gol muallifi bo‘lib, turnir to‘purari bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter