Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ruslan Nurudinov, Akbar Jo‘rayev va boshqalar Qozonga yo‘l olishdi

Ruslan Nurudinov, Akbar Jo‘rayev va boshqalar Qozonga yo‘l olishdi

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi yig‘inni o‘tkazish uchun Rossiya Federatsiyasining Qozon shahriga yo‘l oldi. Vakillarimiz u yerda 9 avgustga qadar mashg‘ulot o‘tkazishadi.

Ta’kidlash joiz, ushbu yig‘in kelasi oy Turkiyaning Konya shahrida o‘tadigan Islom birdamligi o‘yinlariga qaratilgan. Unda Bahrom Mendiboyev maxsus texnik mashg‘ulotlar orqali sportchilarimizni eng yuqori sport formasiga olib chiqishi ko‘zda tutilgan.

Qozon safariga Ruslan Nurudinov, Akbar Jo‘rayev, Adhamjon Ergashev, Doston Yoqubov, Muhammadqodir Toshtemirov, Sunnatilla O‘sarov, Sarvarbek Zafarjonov, Rigina Adashboyeva kabi sportchilarimiz yo‘l olishdi.

Toshkentda o‘tadigan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligidan so‘ng Nigora Suvonova, Sharofiddin Amriddinov hamda Tursunoy Jabborova asosiy jamoaga borib qo‘shilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring