Rummenigge «Bavariya»da o‘zining o‘rniga kimni qoldirmoqchi?
![Rummenigge «Bavariya»da o‘zining o‘rniga kimni qoldirmoqchi?](https://static.xabaruz.com/crop/9/8/720_460_95_981255114.jpeg)
Myunxenning «Bavariya» klubi boshqaruv kengashi raisi 63 yoshli Karl-Hayns Rummenigge 2021-yili jamoadan ketmoqchi. U bu haqda «Deutsche Welle Sports»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Rummenigge o‘ziga munosib izdosh sifatida jamoaning sobiq darvozaboni, afsonaviy futbolchi Oliver Kanni ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun: Karl-Hayns Rummenigge 1955-yilning 25-sentyabrida Shimoliy Reyn-Vestfaliya (Germaniya)da tug‘ilgan. «Bavariya» safida 1974—1984-yillarda to‘p surgan. 1991-yili jamoa vitse-prezidenti etib tayinlangan, 2002-yildan beri esa hozirgi lavozimida ishlab kelyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter