«Roma» Shomurodovning soxta akkaunti bo‘yicha bayonot berdi
Italiyaning «Roma» jamoasi hujumchi Eldor Shomurodovning Tvitterdagi posti aslida futbolchiga tegishli emasligini aytib chiqdi.
Shomurodov nomidan yozilgan tvitda Avstraliyaning «Adelaida Yunayted» futbolchisining bir jinslilarga oid bahsli bayonoti qoralangan edi.
«Roma» klubining bayonotida Eldor Shomurodovga tegishliligi aytilgan akkaunt soxta ekani bildirilgan.
«Jamoa Eldor Shomurodovning Tvitterda akkaunti yo‘qligi va bo‘lmaganini e’lon qiladi. Ushbu tvit soxta akkauntdan yozilgan. U hech qanaqasiga futbolchining qarashini bildirmaydi», deyiladi bayonotda.
Ayni paytda ushbu akkaunt Tvitter tomonidan bloklangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter