Rim va Manchesterdagi drama. YeChLning ilk yarim finalchilari ma’lum

Yevropa chempionlar ligasining chorak final uchrashuvlarining ikkitasi hozirgina o‘z nihoyasiga yetdi. Unda «Roma» - «Barselona» va «Manchester Siti» - «Liverpul» jamoalari maydonga tushishdi.
«Manchester Siti» birinchi o‘yinda yirik hisobda (0:3) mag‘lub bo‘lgani uchun dastlabki daqiqalardan hujumga o‘tdi va 2-daqiqadayoq hisobni ochdi. Ammo keyin ularga omad kulib boqmadi. Yakunda «Liverpul» yana g‘alaba qozondi. «Shaharliklar» esa ketma-ket uchinchi o‘yinda g‘alaba nimaligini bilmay kelishyapti.
Eng dramatik o‘yin Rimda kechdi. «Barselona»ning dastlabki o‘yindagi ishonchli g‘alabasi (4:1) ularning yarim finalga chiqishiga shubha qoldirmagan edi. Ammo «Roma» haqiqiy qahramonlik ko‘rsatdi va superkambek bilan yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Shu bilan Yevropa chempionlar ligasining dastlabki yarim final ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi — «Roma» va «Liverpul».
Yevropa chempionlar ligasi, 1/4 final
Javob uchrashuvlari
«Roma» (Italiya) – «Barselona» (Ispaniya) 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 6 Jeko, 2:0 – 58, penalti de Rossi, 3:0 – 82 Manolas.
«Roma»: Alisson, Fasio, Jezus, Kolarov, Manolas, Nainggolan (ash-Shaaravi, 77), Florensi, Strotman, de Rossi, Jeko, Shik (Under, 73).
«Barselona»: ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu (Dembele, 85), Umtiti, Serji Roberto, Rakitich, Buskets (Pako Alkaser, 85), Inesta (Andre Gomesh, 81), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Fasio (38), Jezus (44), Pike (57), Messi (63), Suares (72).
Dastlabki uchrashuv: 1:4.
«Manchester Siti» (Angliya) – «Liverpul» (Angliya) 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 2 Gabriel Jezus, 1:1 – 56 Saloh, 1:2 – 77 Firmino.
«Manchester Siti»: Ederson, Uoker, Otamendi, Laport, Fernandino, Silva (Aguero, 66), de Bryuyne, Sterling, Bernardu Silva (Gyundogan, 74), Sane, Gabriel Jezus.
«Liverpul»: Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold (Klayn, 81), van Deyk, Firmino (Klavan, 81), Oksleyd-Chemberlen, Saloh (Ingz, 89), Veynaldum, Mane, Milner.
Ogohlantirishlar: Ederson (14), Mane (14), Aleksander-Arnold (29), Bernardu Silva (30), Firmino (35), van Deyk (65).
Dastlabki uchrashuv: 0:3.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter