Razambek Jamalov — Olimpiya o‘yinlari chempioni!

O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga oltinchi oltin medalni erkin kurashchimiz Razambek Jamalov keltirdi.
-74 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz chempionlik bahsida yaponiyalik Daichi Takatanini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronzaga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter