Rasman! Koutino «Bavariya»ga o‘tdi

Myunxenning «Bavariya» klubi o‘zining rasmiy saytida «Barselona» vingeri Filippe Koutinoni ijaraga olganini rasman tasdiqladi.
Nemis grandi 27 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan 1 yilga ijaraga olishgan. Koutino tez orada «Bavariya»da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot uchun, Koutino «Barselona» safida 2018-yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 76ta o‘yinda maydonga tushdi va 21ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter