Rasman! Arturo Vidal «Barselona» futbolchisiga aylandi
![Rasman! Arturo Vidal «Barselona» futbolchisiga aylandi](https://static.xabaruz.com/crop/2/2/720_460_95_2215953318.jpg)
Kataloniyaning «Barselona» klubi o‘zining rasmiy saytida «Bavariya» yarim himoyachisi Arturo Vidal bilan shartnoma imzolagani haqida e’lon qildi.
Xabarlarda aytilishicha, 31 yoshli chililik futbolchining transferi «Barselona»ga 18 mln yevroga tushgan. Tez orada futbolchi jamoada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va 3 yillik kelishuv imzolanadi.
Vidal «Bavariya» safida 2015-yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U ushbu vaqt mobaynida jami 124ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 22ta gol urishga erishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter