Qirg‘izistonlik taksichi rosgvardiyachini nokdaunga tushirdi

Qirg‘izistonlik sobiq taksichi Anarbek Chingiz mushtlashuv bo‘yicha professional liga — Hardcore Fighting Championship jangchisiga aylandi.
U birinchi jangidayoq Rosgvardiyaning 27 yoshli xodimi Rinat Nadrovni mag‘lub etdi.
Jang belgilanganidek, uch raund davom etdi. So‘nggi raundda raqibini nokdaunga tushirgan Chingiz g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Anarbek Chingiz ring atrofidagi voqealar bilan ham tilga tushgan. 2018-yili Rossiyada o‘tkazilgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida mashinasini meksikalik muxlislar ustiga haydab yuborgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter