Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iz hakami mutlaq rekord o‘rnatdi

Qirg‘iz hakami mutlaq rekord o‘rnatdi

Qirg‘izistonlik hakam Nurdin Bukuyev futzal bo‘yicha 2021 yilgi Jahon chempionati finalining bosh hakami etib tayinlandi.

Ertaga, 3 oktyabr kuni Litvada futzal bo‘yicha JCh finali bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning hal qiluvchi bahsida Argentina va Portugaliya terma jamoalari uchrashadi.

Nurdin Bukuyevga finalda misrlik Hasan Muhammad va Yangi Zelandiyalik Kristofer Sinkler yordam beradi.

Bu yilgi jahon chempionati qirg‘izistonlik hakam faoliyatidagi to‘rtinchi mundialdir. Va bu futzal bo‘yicha barcha hakamlar uchun mutlaq rekord hisoblanadi. Hech kim jahon chempionatlarida Nurdin kabi ko‘p hakamlik qilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring