Pro-liga debyutanti Navoiyda Nigeriya jamoasi bilan o‘ynadi
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi vasiyligidagi «Ittifoq-Navoiy» futbol klubi joriy mavsumdan Pro-liga uchrashuvlarida ishtirok etadi.
Yangi mavsumga tayyorgarlik olib borayotgan jamoa murabbiylar Otabek Akromov, Ilxomjon Sattorovlar boshchiligida mashg‘ulotlarni olib borishmoqda. Hozirgi kunda jamoa tajribali futbolchilardan Abdulaziz Jo‘raboyev, Sarvar Xolmatovlar bilan kelishuvga erishgan.
Jamoa uy uchrashuvlarini Qiziltepa tumanidagi «Markaziy» o‘yingohida o‘tkazadi.
Mavsumga tayyorgarlik doirasida «Ittifoq-Navoiy» klubi o‘z maydonida Nigeriya jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Qizg‘in murosasiz kechgan bahsda hisob ochilmadi. Hakam tomonidan qo‘shimcha 15 daqiqa vaqt belgilandi. Bunda ham hisob ochilmagach, penaltilar seriyasiga navbat berildi. Unda 1:3 hisobida mehmonlar ustun kelishdi.
Jamoa oldiga joriy mavsumda Pro-liga «B» guruhida munosib ishtirok etish va mavsum yakunida Pro-liga «A» guruhiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter