Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Piyoda yurilgani uchun po‘l to‘lash vaqtincha to‘xtatildi

Piyoda yurilgani uchun po‘l to‘lash vaqtincha to‘xtatildi

Aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish bo‘yicha «Sog‘lom turmush tarzi» platformasi, ya’ni www.1hls.uz veb-sahifasi hamda mobil ilovasi ishga tushirilgandi.

Mazkur platforma bo‘yicha joriy yil 10 iyundan 13 sentyabrga qadar bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 yosh va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga jami 9,4 mlrd. so‘m mablag‘lar to‘lab berildi.

Shuningdek, har oyda har bir tuman (shahar) bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 300 ming so‘mdan, har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 500 ming so‘m, respublika bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga qo‘shimcha ravishda 1 mln. so‘m to‘lanib, joriy yil iyun-avgust oylari davomida jami 206,7 mln. so‘m mablag‘ foydalanuvchilar elektron hamyoniga o‘tkazib berildi.

Turizm va sport vazirligining Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga tushadigan tegishli daromadlar manbalarining bir me’yorda doimiy tushish imkoniyati cheklanganligini sababli, mazkur shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida 500,0 mln. so‘mdan kam mablag‘ qolsa, mobil ilova bo‘yicha foydalanuvchilarga to‘lovlar, ushbu shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida 5,0 mlrd. so‘mgacha mablag‘ yig‘ilgunga qadar avtomatik tarzda to‘xtatilishi belgilab qo‘yilgan.

Bunda, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘lar 5,0 mlrd. so‘mga yetgunga qadar mobil ilovada o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarga to‘lanadigan to‘lovlar to‘lanmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, joriy yil 14 sentyabrdan boshlab mobil ilova bo‘yicha foydalanuvchilarga to‘lovlar vaqtincha to‘xtatilganligini ma’lum qilamiz, deyiladi Turizm va sport vazirligi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring