Pele og‘ir operatsiyani boshidan o‘tkazdi
Braziliyalik mashhur futbolchi 80 yoshli Pele yo‘g‘on ichakdagi o‘smani olib tashlash bo‘yicha operatsiya qilindi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida yozgan. Afsonaviy futbolchi o‘zini yaxshi his qilayotganini ta’kidladi.
Uch karra jahon chempioni 31-avgustdan buyon shifoxonada. Mahalliy OAVlar sportchining xushidan ketishi shifoxonaga yotqizilishiga sabab bo‘lganini yozishdi.
«O‘tgan shanba kuni meni yo‘g‘on ichakning o‘ng tomonidagi shubhali o‘smani olib tashlash bo‘yicha operatsiya qilishdi. O‘tgan hafta men aytgan testlar davomida o‘sma aniqlandi», — deb yozgan Pele.
Pele — futbol bo‘yicha yagona uch karra jahon chempioni (1958, 1962, 1970). U Braziliya terma jamoasi bilan 92 ta o‘yin o‘tkazib, 77 ta gol urgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter