«Paxtakor»ning sobiq murabbiyi «Luch-Energiya»ga o‘tdi

«Paxtakor»ning maslahatchi murabbiyi endi bosh murabbiy
Aleksandr Grigoryan «Luch-Energiya» jamoasi yangi bosh murabbiyi deb e’lon qilindi.
Rossiyalik murabbiy 2015 yilning iyul-avgust oylarida Toshkentning «Paxtakor» jamoasida maslahatchi murabbiy lavozimida faoliyat yuritgan.
Mutaxassisning so‘nggi ish joyi Moskvaning «Ararat» klubi edi. Grigoryan o‘ziga yordamchi qilib Aleksandr Alferov va Nikolay Grishinlar kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Rossiyaning quyi ligasi hisoblangan FNLda ishtirok etuvchi Vladivostokning «Luch-Energiya» jamoasida o‘z vaqtida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Andrey Akopyans (2011) hamda Aleksey Polyakovlar (2008) faoliyat yuritishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter