Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zPFL bosh direktori «Arsenal», «Everton» va «Ayaks» klublari bilan muzokaralar ketayotganini aytdi

O‘zPFL bosh direktori «Arsenal», «Everton» va «Ayaks» klublari bilan muzokaralar ketayotganini aytdi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun Toshkentda O‘zbekiston Superligasiga qura tashlash marosimi o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan «Xabar.uz» muxbiri O‘zPFL bosh direktori Omon G‘ofurovdan intervyu oldi.

PFL bosh direktori o‘z so‘zida Yevropaning yetakchi jamoalari bilan klub akademiyalari va murabbiylarining tajribasini oshirish borasida muzokaralar ketayotganini ta’kidladi.

«Bizning jamoalarning sonini qisqartirib, Oliy ligani Superligaga aylantirishdan maqsadimiz — jamoalarning raqobatbardoshligini oshirish. Qo‘yilgan talablar esa ularning o‘z ishiga bo‘lgan yondashuvini tubdan o‘zgartirishga undandir. Bu harakatlarimiz o‘z samarsini bermoqda.

O‘FA va O‘zPFL tomonidan o‘zbek futbolini dunyo darajasiga chiqarish uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilyapti. Xususan, jamoalar mutaxassislarini xorijda tahsil olish uchun yuboryapmiz. Mana yaqinda klub shifokorlari Yaponiya va Qatarga borib kelishdi. Shu bilan bir qatorda akademiyalar direktorlari hamda murabbiylarining malakasini oshirishni ham rejalashtirganmiz. Shu kunlarda «Arsenal», «Everton» va «Ayaks» klublari bilan bu borada muzokaralar olib borilmoqda», — dedi G‘ofurov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring