Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik yosh xokkeychilar «Osiyo bolalari» o‘yinlarida ishtirok etishmoqda

O‘zbekistonlik yosh xokkeychilar «Osiyo bolalari» o‘yinlarida ishtirok etishmoqda

O‘zbekiston bolalar xokkey terma jamoasi «Osiyo bolalari» II qishki xalqaro sport o‘yinlarida ishtirok etmoqda. Musobaqa 25 fevral kuni Rossiya Federatsiyasining Kemerovo viloyatida boshlangan.

O‘zbekiston xokkey terma jamoasining tarixida mazkur o‘yin birinchisi hisoblanadi

«Osiyo bolalari 2023» o‘yinlari dasturiga xokkey, chang‘i sporti, konkida uchish, snoubord, chang‘i sporti, figurali uchish va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar kiritilgan.

Musobaqada O‘zbekistondan 30 dan ortiq yosh sportchilar ishtirok etmoqda. Bolalarni Novosibirsk aeroportida O‘zbekistonning Rossiyadagi Bosh konsulligi vakillari kutib olishdi. U yerdan jamoa Kemerovo viloyatining Novokuznetsk shahriga yo‘l oldi.

O‘zbekiston xokkey Federatsiyasi prezidenti Baxtiyor Fazilov shunday dedi: «Mamlakatda bolalar va o‘smirlar xokkeyini rivojlantirish Federatsiyaning asosiy maqsadlaridan biridir. «Osiyo bolalari» o‘yinlarida mamlakatimiz vakili bo‘lgan jamoa o‘ziga xos tarzda birinchi qaldirg‘ochdir. Ishonamanki, kelgusi bir necha yil ichida bu bolalar kuchliroq bo‘lib, mahoratga ega bo‘ladilar, mamlakatning asosiy terma jamoasining yadrosiga aylanadilar va eng nufuzli xokkey turnirlarida O‘zbekiston sharafini munosib himoya etadilar».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring