O‘zbekistonlik UFC jangchisi ikki yilga musobaqalardan chetlatildi
![O‘zbekistonlik UFC jangchisi ikki yilga musobaqalardan chetlatildi](https://static.xabaruz.com/crop/5/5/720_460_95_553530496.jpg)
Liliya Shakirovaning test namunalaridan meldoniy moddasi topilgan. Ushbu modda har doim USADA tashkilotining ta’qiqlangan moddalar ro‘yxatida bo‘lgan.
Bayonotda ma’lum qilinishicha, har bir jangchi doping testi topshirish paytida, so‘nggi 12 oy davomida iste’mol qilgan ta’qiqlangan moddalarini alohida deklaratsiya to‘ldirgan holda ma’lum qilishi lozim. Agarda uning qon tarkibidan ushbu deklaratsiyada ko‘rsatilgan moddalar topilgan taqdirda ham jangchi aybdor deb hisoblanmaydi. Shunchaki, moddaning turiga qarab, u tanadan chiqib ketmaguncha janglarga qo‘yilmaydi va qaytadan test topshiradi.
Liliya Shakirova esa, yuqorida ta’kidlangan deklaratsiyani to‘ldirish chog‘ida meldoniy moddasi haqida biror ma’lumot ko‘rsatmagan. Bu esa jangchini ikki yilga chetlatilishiga sabab bo‘lgan.
Liliya Shakirova 2020-yilning oktyabr oyida UFC’da debyut jangini o‘tkazgandi. UFC 257 doirasida o‘tkazilgan o‘sha jangda hamyurtimiz Lauren Myorfiga mag‘lub bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter