O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi haqidagi savolga javob berildi
Kecha Dubaydagi «Armani Hotel» mehmonxonasida tashkil qilingan Osiyo Kubogi-2019 qur’asini barcha qatori Umid Ahmadjonov ham kuzatib bordi.
«Olamsport.uz» nashri O‘FA vitse-prezidenti bilan suhbatlashib, fikrlarini e’lon qildi.
Ahmadjonov terma jamoani kim boshqarishi haqidagi savolga shunday javob qaytardi:
«Terma jamoamizga kim bosh murabbiy bo‘lishi haqidagi savol anchadan beri barchani qiziqtirmoqda. Men bu o‘rinda muxlislarimizni juda yaxshi tushunib turibman. Lekin ishqibozlardan yana ozgina sabr qilishlarini so‘rayman. Jahon chempionati tugasin, terma jamoamizni Osiyo kubogiga olib boradigan murabbiy kim bo‘lishini hamma bilib oladi».
— O‘zimiz ham o‘sha kun kelishini kutyapmiz, lekin hozircha e’lon qilishga shoshilmay turamiz. Barchasini keyinroq OAV xodimlarini bir joyga yig‘ib rasman e’lon qilamiz. Karlush Keyrush varianti haqidami? Yashirmayman, nomzodlar orasida bu murabbiy ham bor. Men u kishi bilan Dubayda uchrashib gaplashganman. Faqat shuni aytishim mumkin, terma jamoamizning navbatdagi bosh murabbiyi albatta nomi chiqqan, mashhur mutaxassis bo‘ladi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter