O‘zbekiston terma jamoasining Eronga qarshi o‘yini boshqa sanaga ko‘chirildi
Shu yilning 17-may kuni o‘tkazilishi lozxim bo‘lgan Eron va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 19-may sanasiga ko‘chirildi.
O‘FA rasmiy saytida yozilishicha, Eron tomoni uchrashuvni 19-may sanasida o‘tkazishni so‘ragan. O‘FA terma jamoalarga nisbatan ko‘proq futbolchilarini berayotgan superliga klublari bosh murabbiylari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng terma jamoaga legioner futbolchilar jalb etilmasligi hamda asosan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar xizmatidan foydalanishga qaror qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter