O‘zbekiston stadionlarida turniket va boshqa zamonaviy texnologiyalardan foydalaniladi
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi anjumanlar zalida Superligada ishtirok etadigan klublar stadionlari direktorlari va rahbarlari ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.
Yig‘ilishda Superliga klublari stadionlariga qo‘yilgan talablarni bajarish yuzasidan fikr almashilgan. O‘zPFL Bosh direktori Omon G‘ofurov Superliga klublari stadionlariga qo‘yilgan talablar, kamchiliklar va bir qator muammolar haqida o‘z fikrlarini bildirgan.
Yangi mavsumda Superligada ishtirok etadigan klublar stadionlari talablarga javob berishi uchun barcha kamchilikilar bartaraf etilishi kerak. Endilikda, stadionlardagi sharoit va kamchiliklar uchun klub javob beradi.
Ayni damda, faqat sanoqli stadionlar OFK talablariga javob beradi. Ko‘pchilik stadionlarda vaziyat yaxshi emas. Stadionlarda yoritgichlar, tablo va chim borasida muammolar bor.
Mirsardor Alimov,
O‘zPFL Bosh direktori o‘rinbosari
Stadionlar rahbarlari ham, bu borada yangi mavsumda barcha ishlar bajarilishi, kamchiliklar bartaraf etilishi borasida ishlar ketayotganligini ta’kidlashdi. Yig‘ilishda, shuningdek, bir nechta boshqa muammolar ham muhokama qilindi. Stadionlar direktorlari chiptalar sotuvi borasida klub va stadion yangi tizimni ishga tushirish, turniket va boshqa texnologiyalarni qo‘llashi borasida fikr almashishdi.
Yig‘ilishdan so‘ng ishtirokchilar «Paxtakor» hamda «Bunyodkor» stadionlariga tashrif buyurib, mazkur stadionlardagi infratuzilma va sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Superliga klublari stadionlarini yangi mavsumda barcha talablarga mos kelishi uchun amalga oshiriladigan ishlarni ko‘rib chiqishi, bu borada klublar stadionlari rahbariyati Professional Futbol Ligasiga hisobot berib borishi borasida kelishib olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter