Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston alamli mag‘lubiyatga uchradi. Qora an’ana davom etadi

O‘zbekiston alamli mag‘lubiyatga uchradi. Qora an’ana davom etadi

Osiyo kubogining chorak finalida O‘zbekiston mezbon Qatar terma jamoasi bilan og‘ir uchrashuv o‘tkazdi.

Birinchi bo‘limda Qatar keskin pressing asosida ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirishga harakat qildi. 27-daqiqada shunday pressing mezbonlar goli bilan yakunlandi. Qatar futbolchisining burchakdan kirib borib bergan zarbasini O‘tkir Yusupov o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.

Shundan so‘ng vakillarimiz faollashdi. Terma jamoamiz birinchi bo‘limning o‘zida hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Ammo Turg‘unboyevning qulay vaziyatdan zarbasini raqib himoyachisi qaytarib qoldi.

Ikkinchi bo‘lim boshida to‘liq ustunlikka erishdik. Qatar darvozasi oldida bir qancha vaziyatlar yuzaga keldi. Nihoyat Odil Hamrobekov 59 daqiqada hisobni tenglashtirdi.

Qolgan daqiqalarda va qo‘shimcha taymlarda jamoalar ehtiyotkor o‘ynashdi va o‘yin penaltilar seriyasigacha yetib bordi. Afsuski, unda terma jamoamiz qora an’anasini davom ettirdi va penaltilar seriyada beshinchi bor muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Qatar – O‘zbekiston 1:1
Gol: 27 - O‘tkir Yusupov (avtogol ), 59 - Odil Hamrobekov

Penaltilar seriyasi: 3-2

O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Farrux Sayfiyev ( Zafarmurod Abdirahmatov, 99), 5. Rustam Ashurmatov, 7. Otabek Shukurov, 9. Odil Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov (s), 11. Oston O‘runov (Shoxboz Umarov, 74), 15. Umar Eshmurodov, 19. Azizbek Turg‘unboyev (Muhammadqodir Hamraliyev, 106), 22. Abbosbek Fayzullayev ( Xojimat Erkinov,114), 18. Abdulla Abdullayev.

Qatar: 22. Meshal Barsham, 2. Pedro Korrea, 3. Al Mahdi Ali Muhtor, 4. Muhammad Vaad Al Bayati (18. Sulton Al Burayk, 108), 12. Lukas Mendes, 5. Tariq Salmon , 10. Hasan Al Haydos (Holid Mazii, 54), 11. Akram Afif, 19. Almoyez Ali, 20. Ahmad Fathi (23. Mustafo Tariq Mashal, 103) Abdulla, 24. Jassim Jobir Abdusallam (6. Abdul Aziz Hatim, 80).

Ogohlantirish: 47 - Meshal Barsham, 69 - Otabek Shukurov, 79 - Srechko Katanets, 89 - Holid Mazii, 90 -Rustam Ashurmatov, 90+1 - Almoyez Ali, 105 - Pedro Korrea

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring