Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahromjon G‘oziyev Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti bo‘ldi

Bahromjon G‘oziyev Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti bo‘ldi

O‘zbekiston ot sporti tarixida ilk bor O‘zbekiston vakili bo‘lgan Bahromjon G‘oziyev Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidentiga aylandi.

Xanchjou—2022 doirasida o‘tkazilayotgan ot sporti musobaqalaridan so‘ng Tognlu shahrida Osiyo ot sporti federatsiyasining navbatdan tashqari umumiy assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Bosh Assambleya kun tartibidan Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidentlarini saylash masalasi o‘rin olgan edi. Bunday yuksak lavozimga nomzodlar orasida O‘zbekiston vakilidan tashqari Xitoy, BAA, Janubiy Koreya, Liviya va Eron vakillari ham bor edi.

Bir necha tur qizg‘in o‘tgan ovoz berish jarayonida Bahromjon G‘oziyev BAA, Eron va mezbon Xitoy vakillaridan ko‘proq ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi va Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring