O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar bilan Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoasi uchun o‘rtoqlik o‘yinlariga kuchli raqiblar topish bo‘yicha chora-tadbirlarni davom ettirmoqda.
Joriy yilning 19-may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi Tehronning «Ozodiy» stadionida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
«Endi esa ko‘plab o‘zbekistonlik futbol muxlislarining xohish-istaklarini inobatga olgan holda, Milliy olimpiya qo‘mitasining Prezidenti hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse prezidenti Umid Ahmadjonovning Qatar futbol federatsiyasi bilan imzolagan memorandumiga asosan, FIFA kuni hisoblangan 2018-yilning 16-oktyabr kuni Toshkent shahrida Qatar terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishga kelishildi», — deb yozmoqda O‘FA rasmiy sayti.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter