Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston chempionati yangi yulduzlarni kashf etdi

O‘zbekiston chempionati yangi yulduzlarni kashf etdi

Poytaxtimizdagi «Universal» sport majmuasida boks bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Erkaklar o‘rtasidagi final janglari shiddatli va murosasiz ruhda o‘tdi. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari Dilshod Ro‘zmetov, Bobousmon Baturovlarning mag‘lubiyatga uchragani yangi yulduzlar yetishib chiqayotganidan dalolat berdi.

Quyida bugungi final bellashuvlarining natijalari bilan tanishishingiz mumkin:

-48 kg. Asilbek Jalilov – Shodiyor Meliqo‘ziyev
-51 kg. Mironshox Ibragimov – Xujanazar Nortojiyev
-54 kg. Shahzod Muzaffarov – Dilshod Abduvaliyev
-57 kg. Shunqor Abdurasulov – Xasanboy Latiboxunov
-60 kg. Xurshidbek Rasuljonov – Faryozbek Xakimov
-63,5 kg. Tursunov Mujibullo – Ruslan Abdullayev
-67 kg. Jahongir Raxmonov – Javlonbek Yo‘ldoshev
-71 kg. Bobousmon Baturov – Azizbek Tojiyev
-75 kg. Saidjamshid Jafarov – Abdulaziz Abdupattayev
-81 kg. Dilshod Ro‘zmetov – Odiljon Aslonov
-86 kg. Timur Marjanov – Jo‘rabek Toshtemirov
-92 kg. Jamshidjon Abdullayev – Javohir Tog‘aymurodov
+92 kg. Jahongir Zokirov – Jamshid Xudayberganov.

Shuningdek, musobaqa yakunida an’anaga muvofiq chempionatning eng yaxshi bokschisiga Rufat Risqiyev kubogi topshirildi. Bu yil erkaklar o‘rtasida Ruslan Abdullayev va ayollardan Nigina O‘ktamova mazkur sovrinni qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, Nurxon Asadullayeva turnirning eng yaxshi hakami deb e’tirof etildi.

Bu yilgi O‘zbekiston chempionatini barcha qit’alardan tashrif buyurgan AIBAning 3 yulduzli 8 nafar referisi mahalliy hakamlar bilan birgalikda boshqarib borishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring