Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lionel Messi: «Barselona» futbolchilari oyliklarining 70 foizidan voz kechadi

Lionel Messi: «Barselona» futbolchilari oyliklarining 70 foizidan voz kechadi

«Barselona» futbolchilari qiyin pallada klubga yordam berish uchun maoshining bir qismidan voz kechadilar. Bu haqda jamoa sardori Lionel Messi o‘zining instagramdagi sahifasida yozdi.

Messining so‘zlariga ko‘ra, futbolchilar oylik maoshining 70 foizidan voz kechishadi, shuningdek, klubning texnik xodimlari o‘z maoshlarini to‘liq olishlari uchun pul o‘tkazib berishadi.

Uning ta’kidlashicha, kelishuv bir necha kunga kechikkan, chunki klubga yordam berish uchun to‘g‘ri yo‘lni topish kerak edi.

Avvalroq Madridning Marca nashri koronavirus tufayli birinchi bankrot bo‘ladigan klub «Barselona» bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring