Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘yin paytida to‘pni o‘pgan futbolchi jarimaga tortildi

O‘yin paytida to‘pni o‘pgan futbolchi jarimaga tortildi

Foto: «Newsbel.by»

Ekvadorda «Sosedad Deportivo Aukas» klubining argentinalik yarim himoyachisi Serxio Lopes musobaqa vaqtida futbol to‘pini o‘pgani uchun 1 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi, deya xabar berdi «Sport1» portali.

Ta’kidlanishicha, hodisa o‘tgan hafta oxirida sodir bo‘lgan. Argentinalikning jamoasi CSD «Makara» klubini qabul qilgan. Faqat Lopesning nima uchun futbol to‘pini o‘pishga qaror qilgani noma’lumligicha qolmoqda. Eng qizig‘i, bu o‘yinda u ham, jamoadoshlari ham gol urolmasa-da, uchrashuv 1:0 hisobida «Sosedad Deportivo» foydasiga hal bo‘ldi: raqib jamoa futbolchisi o‘z darvozasini aniq nishonga olib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, ikki hafta avval Ekvadorda chempionat o‘yinlari koronavirus pandemiyasi tufayli besh oylik tanaffusdan so‘ng qayta tiklandi. Shu vaqt ichida liganing intizom qo‘mitasi gigiyena qoidalarini buzganlarga nisbatan bir qancha qat’iy choralar ko‘rdi. Misol uchun, o‘yindan so‘ng an’anaviy ravishda futbolkasini almashgan besh nafar o‘yinchi jarimaga tortilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring