Otabek Shukurov Londonda muvaffaqiyatli operatsiya qilindi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va BAAning «Sharja» klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov shu yilning mart oyida «China cup-2019» xalqaro musobaqasidan o‘rin olgan Xitoyga qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni erta tark etgandi. Keyinchalik tekshiruvlar natijasida Shukurovning boldir suyagi pastdan singani ma’lum bo‘ldi. «Sharja» klubi shifokorlari Otabek Shukurovning jarohatini ko‘zdan kechirib, Londonda operatsiya orqali davolashga qaror qilishgandi.
Qayd etish kerakki, milliy terma jamoamiz yarim himoyachisining operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tdi. Operatsiyani angliyalik tajribali jarroh Mark Devis o‘tkazdi. Endilikda u qo‘shimcha muolajalar orqali tezroq safga qaytishga harakat qilmoqda.
Bugun Otabek Shukurovning jamoasi BAA milliy chempionatida «Al-Ayn» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yin oldidan Shukurov jamoadoshlariga omad tilab, yo‘llagan videomurojaati «Sharja» klubining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilindi. Videomurojaatda Shukurov tez orada yanada kuchliroq bo‘lib maydonga qaytishini aytib o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter